Navro‘z — bahorning muborak nafasi, tabiatning uyg‘onishi va inson qalbida ezgulik gullarini ochuvchi go‘zal ayyom

🌸 Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasida Navro‘z bayrami nishonlandi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasida Navro‘z — yangilanish, ezgulik va bahor bayrami munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🌿 Tadbir davomida bahorning go‘zal ruhi, milliy qadriyatlarimiz va Navro‘zning ezgu an’analari ulug‘landi. Professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida o‘tkazilgan ushbu bayramona muhit barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

🌷 Navro‘z — tabiat uyg‘onishi va inson qalbida ezgulik, mehr-oqibat va yangilanish tuyg‘ularini uyg‘otuvchi ulug‘ ayyomdir.

✨ Kafedramiz jamoasi barchani Navro‘z bayrami bilan samimiy muborakbod etadi! Baxt, tinchlik va baraka doimo hamroh bo‘lsin!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.