“Kasbga yo’naltirilgan ta’lim” mavzusida davra suxbati o’tkazildi.

Toshkent tibbiyot akademiyasining Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan joriy yilning 23-fevral kuni 179-sonli umumta’lim maktabida Kasbga yo’naltirilgan ta’limmavzusida davra suxbati o’tkazishdi. Bu tadbir davomida bitiruvchi sinf o‘quvchilariga Toshkent tibbiyot akademiyasidagi mavjud davolash ishi, pediatriya ishi, tibbiy profilaktika ishi, tibbiy biologiya ishi, stomatologiya, biotibbiyot muxandisligi, farmasiya, sog‘liqni saqlash menejmenti, xalq tabobati yo’nalishlari bo’yicha to’liq ma’lumot berildi.  Yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent tibbiyot akademiyasiga kirish ballari, ularning statistik tahlillari, qizlarga berilayotgan imkoniyatlar xaqida ma’lumotlar berildi. Davra suxbatida bitiruvchi o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etdilar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.