


Toshkent davlat tibbiyot universiteti Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi xodimlari va universitet Akademik litsey va texnikumlarga metodik yordam ko’rsatish bo’limi xodimlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti 2-sonli akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Kafedra xodimlari texnikum moddiy texnik bazalari, o’quv uslubiy ishlari bilan tanishdilar, hamda o’qituvchilar va o’quvchilar bilan suhbatlar olib borildi.
Tashrif davomida Akademik litsey xodimlari bilan kafedra mudiri professor Azizova F.X. va xodimlari: Daminov A.O., Sobirova D.R., Xudoyberdiyeva M.O. lar tibbiyotning dolzarb mavzulari yuzasidan davra suhbati o’tkazishdi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quv-uslubiy hujjatlarni yuritish jarayonini o’rganish, ochiq maʼruza va mahorat darslarini tashkil etish hamda o’zaro hamkorlikni yanada samarali yo’lga qo’yishdan iborat bo’ldi.
