18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan tadbir

2025-yil 18-noyabr kuni Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida Davlat bayrog‘imizning yaratilish tarixi, undagi ramzlarning chuqur ma’nosi, milliy g‘urur va vatanparvarlik ruhini yuksaltirishdagi o‘rni haqida ma’ruzalar qilindi. Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirokida bayrog‘imizga bo‘lgan hurmat va ehtirom, yurtga sadoqat tuyg‘ulari keng targ‘ib etildi.

Mazkur tadbir yoshlar ongida milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga xizmat qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.