Sagdullayev Nurilla Xabibullayevich
1945 yil 17 avgustda Toshkent shahrida tug’ilgan. 1968 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan va gistologiya kafedrasiga assisten lavozimiga ishga qabul qilingan. 1991 yildan 2-Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining gistologiya kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 1980 yilda «Цитофункциональные особенности кишечной трубки у преставителей позвоночных животных» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1972 yilda Moskva shahridagi Sechenov nomidagi 1-MOLMI gistologiya kafedrasida malaka oshirdi. 1983 yilda Kiev tibbiyot institutining gistologiya kafedrasida, 1976 yilda Orenburg tibbiyot institutida Universitetlararo butunjahon ilmiy konferentsiyada ishtirok etdi. 1974 yilda Toshkent shahrida FJMS qurultoyida ishtirok etdi. 2001 yilda gistologiya kafedrasi dotsenti lavozimini oldi va 1-Toshkent Davlat Tibbiyot Institutining dotsenti lavozimida ishladi. 2008 yildan hozirgi kungacha TTA gistologiya kafedrasida dotsent lavozimida ishlaydi. Uning qo’l ostida 3 ta tilda tayyorlangan gistologiya, sitologiya va embriologiya fani bo’yicha ilmiy mavzudagi 40 ga yaqin ilmiy maqola va amaliy mashg’ulotlar bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar chop etildi.