Hurmatli ishtirokchilar! Sizni Toshkent tibbiyot akademiyasi va I.K. Axunboev nomidagi Qirg’iziston davlat tibbiyot akademiyasi bilan birgalikda tibbiy biologiya yo’nalishi bo’yicha «Tashkxodjaev izdoshlari» xalqaro olimpiadasida ishtirok etishga taklif etamiz.

Olimpiada tashkilotchilari: Toshkent tibbiyot akademiyasi histologiya va tibbiy biologiya kafedrasi. Olimpiada 2023 yil 22 may kuni onlayn tarzda o’tkaziladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun ariza:

 https://docs.google.com/forms/d/1NZGSmXmIfZpekISOs3vAO1adjwScR2DGLwIK-a8hosA/edit?pli=1

 

  1. Olimpiadaning ochilishi 11:00 da bo’lib o’tadi
  2. 1-tur Google Forumda soat 11:30 da boshlanadi. Ishtirokchilar 20 daqiqada 25 ta test savoliga javob berishlari kerak; (20 daqiqa ichida jo’natilmagan javoblar qabul qilinmaydi)
  3. Yuqori natijalarga ega boʻlgan 15 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga oʻtkaziladi. Ikkinchi tur platformada bo’lib o’tadi: talabalar 2 ta vaziyatli savol va 3 ta blits savolga og’zaki javob berishlari kerak.

 

Birinchi va ikkinchi turlarda yuqori natijalar qayd etgan talabalar o’rtasida o’rinlar taqsimlanadi.

 

Ishtirok etish shakli: masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda.

Ishtirok etish tillari: O’zbek, Rus, Ingliz tillari.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.