Olimpiada tashkilotchilari: Toshkent tibbiyot akademiyasi histologiya va tibbiy biologiya kafedrasi. Olimpiada 2023 yil 22 may kuni onlayn tarzda o’tkaziladi.
Ro’yxatdan o’tish uchun ariza:
https://docs.google.com/forms/d/1NZGSmXmIfZpekISOs3vAO1adjwScR2DGLwIK-a8hosA/edit?pli=1
- Olimpiadaning ochilishi 11:00 da bo’lib o’tadi
- 1-tur Google Forumda soat 11:30 da boshlanadi. Ishtirokchilar 20 daqiqada 25 ta test savoliga javob berishlari kerak; (20 daqiqa ichida jo’natilmagan javoblar qabul qilinmaydi)
- Yuqori natijalarga ega boʻlgan 15 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga oʻtkaziladi. Ikkinchi tur platformada bo’lib o’tadi: talabalar 2 ta vaziyatli savol va 3 ta blits savolga og’zaki javob berishlari kerak.
Birinchi va ikkinchi turlarda yuqori natijalar qayd etgan talabalar o’rtasida o’rinlar taqsimlanadi.
Ishtirok etish shakli: masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda.
Ishtirok etish tillari: O’zbek, Rus, Ingliz tillari.
