Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va tibbiyot sohasiga yo‘naltirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv

 

Toshkent davlat tibbiyot universiteti 1-son Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar 22-umumta’lim maktabi bilan hamkorlikdagi ishlar rejasini tuzish uchun amalga oshirilgan tashrif

Tashrif maqsadi:

  • Maktabda tabiiy fanlarni (biologiya, kimyo, fizika) tibbiyot yo‘nalishiga uyg‘unlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • O‘quvchilarni tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga maqsadli va sifatli tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • Maktab va Toshkent davlat tibbiyot universiteti o‘rtasida o‘quv-uslubiy hamkorlikni rivojlantirish;
  • Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni kasbga yo‘naltirish ishlarini takomillashtirish.

 

Toshkent davlat tibbiyot universiteti vakillari tomonidan tabiiy fanlarni zamonaviy tibbiyot talablari asosida o‘qitish, nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan bog‘lash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda STEAM yondashuvini joriy etish bo‘yicha ma’lumot berildi.

  • Toshkent davlat tibbiyot universitetidan: 1-son Gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi katta o’qituvchisi B.f.f.d., PhD: M.O. Xudoyberdiyeva va assistent, B.f.f.d., PhD: V.V. Elmurodova.
  • Toshkent shahar 22-son umumta’lim maktabi direktori: M.S. Ganiho’jayeva
  • Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo, fizika) o‘qituvchilari, 9–11-sinf o‘quvchilari qatnashdilarShuningdek, o‘quvchilarni kirish imtihonlariga puxta tayyorlash, test savollari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ilmiy loyihalar va fan olimpiadalariga jalb etish masalalari muhokama qilindi. Maktab ma’muriyati tomonidan fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish, laboratoriya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.
  • Qaror qilindi:
    1. Tabiiy fanlarni tibbiyot yo‘nalishiga integratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzilsin.
    2. 9–11-sinf o‘quvchilari uchun “Yosh tibbiyotchi” to‘garagi tashkil etilsin.
    3. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari va seminar-treninglar muntazam o‘tkazib borilsin.
    4. O‘quvchilar uchun universitet laboratoriyalari va klinik bazalariga tanishuv ekskursiyalari tashkil etilsin.
    5. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash bo‘yicha qo‘shma reja ishlab chiqilsin.
    6. Hamkorlik memorandumi loyihasi ishlab chiqilib, tomonlar o‘rtasida imzolansin.

 

 

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.