“Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga  bag‘ishlangan (off/online) Xalqaro yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferensiyasi.

Toshkent tibbiyot akademiyasi Sizlarni, 2025-yil 18-aprel kuni bo’lib o’tadigan “Zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolari” mavzusiga  bag‘ishlangan (off/online) Xalqaro yosh olimlarning ilmiy-amaliy konferensiyasiga taklif etadi.

 

Konferensiya yo’nalishlari:

1. Jarrohlikning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari;
2. Terapiyaning dolzarb muammolari va rivojlanish istiqbollari;
3. Onalik va bolalikni muhofaza qilish;
4. Profilaktik tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;
5. Reabilitatsiya, sport tibbiyoti va an’anaviy tibbiyotning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari;
6. Zamonaviy tibbiyotda IT texnologiyalari;
7. Jamoat sog‘liqini saqlash maktabi va Oliy hamshiralik ishi.

Konferensiya 🇺🇿o‘zbek, 🇷🇺rus va 🇬🇧ingliz tillarida o’tkazilishi rejalashtirilgan.

➡️ Konferensiyada ishtirok etish uchun Google 👉forma to‘ldirishingiz (https://forms.gle/GX9BT7Nr6tSMC5dU6) 👈 kerak!

⏰Dedlayn: 2025-yil 5-aprelga qadar.

↖️Konferensiya o’tkazilish joyi: Toshkent sh., Farobiy, 2-ko‘chasi, TTA akademik litsey zali

Hurmat bilan, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va
ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi

Axborot xati Yosh olimlar 2025

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.