TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
GISTOLOGIYA VA TIBBIY BIOLOGIYA KAFEDRASI
“Morfologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi Ilmiy-amaliy anjuman, 2025-yil 18-mart
HURMATLI HAMKASBLAR!
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tadbirlar rejasiga muvofiq 2025-yil 18-mart kuni “Morfologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar va istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tadi.
Anjuman tashkilotchisi: Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya va tibbiy biologiya kafedrasi
Anjuman maqsadi:
– olimlar va mutaxassislarni birlashtirish, tajriba va fikr almashish maydonini yaratish;
– ilmiy tadqiqotlarni ommalashtirish;
– ilmiy tadqiqotning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash;
– yosh tadqiqotchilarda ilmiy madaniyatni shakllantirish.
Oʻtkazilish sanasi: 18-mart 2025-yil
Oʻtkazilish joyi: Toshkent tibbiyot akademiyasi (Bosh oʻquv binosi, 4-qavat, anjumanlar zali)
Anjuman formati: gibrid (offlayn yoki onlayn ishtirok etish)
Anjumanda ishtirok etish shakli: tezis chop etish, tezis chop etish va ma’ruza bilan qatnashish, tezissiz ma’ruza bilan qatnashish
Anjumanni o‘tkazish tillari: oʻzbek, rus, ingliz
Anjumanning asosiy mavzulari:
- Morfologiyaning zamonaviy yutuqlari
- Turli etiologiyali omillar ta’siridan keyin to‘qimalarning morfogenezi, reaktivligi va regeneratsiyasi qonuniyatlari
- Morfologik tahlil usullarini rivojlantirish
- Morfologik tadqiqotlarda sun’iy intellektdan foydalanish
- Morfologik fanlarni o‘qitish masalalari va morfologiyada zamonaviy vizualizatsiya usullari, oliy tibbiy ta’lim tizimida morfologik fanlarning axborot-ta’lim muhiti.
- Raqamli texnologiyalar: morfologik fanlarni o‘qitishda foydalanish imkoniyatlari
Ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish shakli va ishtirokchi maʼruzasi tezislarini tashkiliy qoʻmitaga elektron pochta orqali yuborishingizni soʻraymiz: orhistologytma@gmail.com.
Hujjatlar 2025-yil 15-fevralgacha qabul qilinadi.
Anjuman doirasida “Eksperimental tibbiyotda immunogistokimyoviy tekshiruv usullari” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.
“Morfologiya: erishilgan yutuqlar, muammolar va istiqbollar” ilmiy-amaliy anjuman
ISHTIROKCHILARINI RO‘YXATDAN O‘TISH SHAKLI
- Familiyasi, ismi, otasining ismi
- Ish joyi
- Ilmiy darajasi
- Lavozimi
- Tashkilot nomi
- Manzil
- Ma’ruzaning nomi
- Telefon, faks, elektron pochta
- Ma’ruza – 10-15 min.
TEZISLARNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
Tezis matni A4 formatida, yuqori va pastdan – 2 sm, chapdan – 3 sm, o‘ngdan – 1,5 sm hoshiyalar bilan, Word matn muharririda, Times New Roman shrifti, 12 o‘lcham, interval 1,15 da yozilishi kerak. Matn hajmi – 1 sahifagacha.
Birinchi qator – tezisning nomi (katta harflarda)
Ikkinchi qator – to‘liq mualliflar F.I.O (kursivda)
Uchinchi qator – ish bajarilgan tashkilot nomi
Tezis matni. Matnda ishning dolzabligi, maqsadi, material va tadqiqot usullari, natijalar va xulosalar yoritilishi lozim. Iltimos, rasm, diagramma yoki jadvallardan foydalanmang.